Navoiy hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
14 aprel 2023 8679 1 daqiqa
Elyor Mardonov Navoiy viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Elyor Mardonov 1983 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yilda Toshkent avtomobil yo‘llar institutini, 2013 yilda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.
U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Navoiy shahridagi harbiy qismda ishlagan.
Live
Barchasi