Navoiy hokimiga ham yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Elbek G‘afforov Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Navoiy viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Elbek G‘afforov 1989 yilda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishini tamomlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Sherali Xolmahamadovich Jo‘rayev Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Navoiy viloyati hokimi o'rinbosari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made