Navbatdagi qo‘ng‘iroq. Tramp va Putin yana gaplashdi

Olam

image

Bugun, 3 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH rahbari Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Bu suhbat yil boshidan beri Putin va Tramp o‘rtasidagi oltinchi telefon muloqoti hisoblanadi. Ularning oxirgi marta telefon orqali muloqoti 14 iyun kuni bo‘lib o‘tgan, suhbat taxminan 50 daqiqa davom etgan edi. O‘sha paytda ular Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilgan edi.

Bugungi suhbat esa AQSHning asosiy milliy bayramlaridan biri – Mustaqillik kuni arafasida o‘tayotgani bilan alohida ahamiyatga ega. Mustaqillik kuni AQSHda 4 iyul kuni nishonlanadi.

Donald Tramp suhbat Vashington vaqti bilan soat 10:00 da (Moskva vaqti bilan 17:00) boshlanishi kerakligini aytgan edi. Shunday ekan, taxminlarga ko‘ra, davlat rahbarlari o‘rtasidagi suhbat ikki soatdan ortiq davom etayotgan bo‘lishi mumkin.

Suhbat yakunida matbuot anjumani (brifing) o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda telefon orqali bo‘lgan muloqot tafsilotlari ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyun kuni ham AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgandi va unda Ukraina tomonidan Rossiyadagi aerodromlarga uyushtirilgan hujumlar muhokama markazida bo‘lgandi. Suhbat davomida tomonlar Eronning yadroviy dasturi bilan bog‘liq vaziyatni gaplashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing