Tramp Putin bilan Isroil-Eron masalasini muhokama qildi

Olam

image

Rossiya va AQSH yetakchilari Vladimir Putin va Donald Tramp navbatdagi telefon muloqotni o‘tkazdi. Bu haqda jurnalistlarga Prezident Putinning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

“Mazmunli, ochiq va foydali suhbat bo‘ldi. Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha fikr almashildi. Vladimir Putin Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasini tanqid qildi va konfliktning yanada kuchayishi mumkinligiga jiddiy havotir bildirdi”, degan Ushakov. 

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham telefon suhbati bo‘lib o‘tganini tasdiqladi. Putin Amerika Prezidentiga kecha o‘tkazilgan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan o‘tkazilgan telefon suhbati haqida ma’lum qildi va konfliktni yanada o‘sishini oldini olish uchun Rossiya tomoni o‘rtada mediatorlik harakatlarini qilishga tayyorligini bildirdi. Ular qiyinlashgan vaziyatga qaramasdan Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokoralar stoliga qaytishni isnisno qilmadi. Tramp ma’muriyati Eron rasmiylari bilan muzokoralar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, Putin Trampga joriy yil 2 iyunda Turkiyada bo‘lib o‘tgan Rossiya Ukraina kelishilgan majburiyatlarni bajarish haqida eslatib o‘tdi. Xususan harbiy asirlar almashinuvi shu kunlarda amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Tramp ham Rossiya-Ukraina konflikti tezda hal qilinishini xoxlashini aytgan.

Rossiya va AQSH rahbarlarining telefon suhbati 50 daqiqa davom etgan.

“Suhbat taxminan bir soat, aniqrog‘i, 50 daqiqa davom etdi. Ma’lumotli, samimiy va eng muhimi, juda foydali bo‘ldi”, degan Ushakov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyun kuni ham AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgandi va unda Ukraina tomonidan Rossiyadagi aerodromlarga uyushtirilgan hujumlar muhokama markazida bo‘lgandi. Suhbat davomida tomonlar Eronning yadroviy dasturi bilan bog‘liq vaziyatni gaplashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin Yuriy Ushakov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing