Navbatdagi bojxona qoidabuzarliklari fosh qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining respublikaga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklari fosh qilindi.

Taqiqlangan dori vositalarini mamlakatga olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Olma-Ota-Nukus” xalqaro yo‘lovchi poyezdining yo‘lovchilaridan biri, xorijiy fuqaro  J.R.ning yuklari tekshirildi.

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida deklaratsiyalanmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan 50 dona “Tramadol lannaxer” nomli  dori vositalarini bojxona nazoratidan yashirib olib kelayotgani fosh etildi.

Shuningdek, “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqarolar Sh.O‘. va V.N. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida,  bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan tarkibida psixotrop moddasi bo‘lgan 30 dona “Dexamol” hamda 20 dona “Fenazepam” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona tramadol

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing