Navbatdagi antirekord: Hindistonda vaziyat murakkabligicha qolmoqda
Olam
−
07 may 2021
9662Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha navbatdagi antirekord o‘rnatildi. Mamlakatda bir kunda 414,1 mingta yangi holat aniqlandi, deb xabar bermoqda "Reuters".
Natijada, bir hafta davomida yangi kasallanganlarning umumiy soni 1,57 millionga, butun pandemiya davrida kasallanganlarning umumiy soni esa 21,49 millionga yetgan.
Tibbiyot mutaxassislarining ta’kidlashicha, Hindistonda kasallarning haqiqiy soni rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 5-10 baravar ko‘p.
Bosh vazir Narendra Modi Hindiston shtatlarida koronavirusga qarshi emlash darajasi saqlanib turishi shartligini ta’kidlagan.
Mamlakatda kamida 157 million dozada vaksina qo‘llanilgan bo‘lsa ham, so‘nggi kunlarda emlash darajasi keskin pasaygan.
Hindiston dunyodagi eng yirik vaksina ishlab chiqaruvchisi bo‘lishiga qaramay, dozalar COVID-19 to‘lqinini to‘xtatish uchun yetarli bo‘lmayotgani ta’kidlangan.
LiveBarchasi