Mijozlariga yashirincha kompyuter o‘yinlari tashkil qilgan fuqaro jazolandi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatida karantin qoidalarini buzgan fuqaro jazolandi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Do‘stlik tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan G‘ofur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida karantin qoidalarini buzish holati aniqlandi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan fuqarolar to‘planishiga sabab bo‘ladigan tadbirlarni uyushtirish vaqtincha taqiqlangan. Biroq ayrim fuqarolar bu kabi holatlarni inobatga olmay kelmoqda.

Do‘stlik tumani, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Y.M. G‘ofur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan o‘ziga tegishli kompyuterxonada mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgani aniqlandi. Bu to‘g‘risida tuman IIB xizmati xabar topgan. Hozirda holat yuzasidan barcha aybdorlarga belgilangan tartibda chora ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing