Navbat Rahmonga. Prezidentlar bir-birlarini tabrikladilar
Jamiyat
−
30 dekabr 2019
2801O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 dekabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari yangi – 2020 yil kirib kelayotgani munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabrikladilar.
Joriy yil ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalari yanada rivojlangan va mustahkamlangan davr sifatida ikki tomonlama munosabatlar tarixida qolishi ta’kidlandi.
Hukumatlar, parlamentlar va hududlar, jumladan, Toshkent va Dushanbe shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. O‘zaro savdo hajmi salmoqli darajada oshmoqda, iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanmoqda.
Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Joriy yil noyabr oyida poytaxtimizda o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ikkinchi Maslahat uchrashuvining natijalari muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.
LiveBarchasi