“Navbahor” shifokori Dehli-Toshkent reysida yo‘lovchi hayotini saqlab qoldi
Sport
−
07 dekabr 2023
7126“Navbahor” shifokori Dehli-Toshkent yo‘nalishidagi aviareysda yo‘lovchining hayoti saqlab qolinishiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Mumbay Siti” bilan o‘yindan qaytayotgan “Navbahor” PFK delegatsiyasi o‘rin olgan bortda Hindistonda jarrohlik amaliyoti o‘tkazib qaytayotgan yo‘lovchi o‘zini juda yomon his qilgan.
“Jamoamiz shifokori Jahongir Nuriddinov ushbu bemorga birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatdi. Shifokorimizning tezkor harakatlari bilan bemor o‘ziga keldi va oilasi bag‘riga sog‘-salomat qaytdi”, deyiladi manba xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xuddi shunday holat Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan ham yuz bergandi. Klub shifokori Umid Bahromov Dubay-Toshkent yo‘nalishidagi reys qatnovida yo‘lovchining hayotini saqlab qolinishiga sababchi bo‘lgandi.