Navalniyning ukasi va sheriklari ham qamoqqa olindi
Olam
−
30 yanvar 2021
6537Moskvaning Tver sudi kecha, 29 yanvar kuni rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning ukasi Olegni sanitariya-epidemiologiya me’yorlarini buzganligi sababli uy qamog‘ida ushlab turish bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, sud tergov organlarining Oleg Navalniyni joriy yilning 23 martiga qadar ehtiyot chorasi sifatida hibsda ushlab turish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qondirgan.
Avvalroq, Moskvaning Tver sudi Navalniy shtab-kvartirasi muvofiqlashtiruvchisi Oleg Stepanovni ham 23 martga qadar uy qamog‘ida ushlab turish to‘g‘risida qaror qilgandi.
Sud shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi yuristi Lyubov Sobol va Mariya Alexinani hamda “Shifokorlar Alyansi” rahbari Anastasiya Vasilevani uy qamog‘iga olish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqmoqda.
Xabarga ko‘ra, politsiya Oleg Navalniy, Mariya Alexina, Anastasiya Vasileva, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi xodimlari Oleg Stepanov va Lyubov Sobolni Moskvadagi ruxsatsiz mitinglar paytida sanitariya me’yorlarining buzilishi bo‘yicha tergov doirasida hibsga olgan.
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volkning so‘zlariga ko‘ra, 23 yanvar kuni ruxsatsiz namoyishlar tashkilotchilari va ishtirokchilari koronavirus infeksiyasining tarqalish xavfini yaratgan. Masalan, Moskvada, Pushkinskaya maydonidagi tadbir ishtirokchilari orasida koronavirus bilan og‘rigan shaxslar bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 yanvar kuni Navalniyning chaqirig‘i bilan Rossiya shaharlarida bo‘lib o‘tgan, ruxsatsiz namoyishlar natijasida Tergov qo‘mitasi xodimlari 20 dan ortiq jinoiy ishi ochgan. Birgina Moskvada Jinoyat kodeksining 318-moddasi bilan 7 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda. Politsiya zobitlari va Rossiya gvardiya xodimlariga qilingan hujumlar uchun olti kishi hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Navalniy jamoasi ertaga, 31 yanvar kuni soat 12:00 da “Navalniyga ozodlik” shiori ostida yangi namoyishlar o‘tkazmoqchi
LiveBarchasi