Navalniyni qo‘llab aksiya uyushtirayotganlarni hibsga olish boshlandi

Olam

image

Rossiya federatsiyasi huquq-tartibot idoralari muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilayotgan mitingda bir necha kishini hibsga oldi.

Ular orasida Navalniyning mintaqaviy shtabi koordinatori Aleksey Vorsin, jurnalistlar Sergey Plotnikov va Danila Kulikov, shuningdek Xabarovskdagi “Ozodlik” partiyasining bo‘limi raisi Artem Mozgov ham bor.

Navalniyning mintaqaviy shtabi koordinatori Vorsin miting tartibini takroran buzganlikda ayblanmoqda. U 48 soatga hibsga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lenin maydoniga taxminan, 200-300 kishi kelgan. Politsiyachilar aksiya rasmiylar bilan kelishilmaganini ta’kidlamoqda va ishtirokchilarning tarqalishini talab qilmoqda. Namoyishchilarning bir qismi marshga chiqib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy joriy yilning 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytishi bilan hibsga olindi. 

Keyinchalik, Rossiyaning Ximki shahar sudi Jazolarni ijro etish federal xizmati da’vosiga ko‘ra, muxolifatchi Aleksey Navalniyni 30 sutkaga 15 fevralgacha qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. 

Shundan so‘ng, Moskvada namoyish uyushtirmoqchi bo‘lgan Navalniy tarafdorlarini politsiya ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing