Aleksey Navalniy yana sud qilinadi
Olam
−
04 fevral 2021
9184Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy ertaga, 5 fevral kuni Ikkinchi Jahon urushi faxriysiga tuxmat qilish bo‘yicha ochilgan ish yuzasidan Moskvaning Babushkin sudiga olib kelinadi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Navalniy eshituvda ishtirok etish uchun shaxsa sudga olib kelinadi”, degan sud vakili.
Davlat ayblovchisi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning 2 iyunida Navalniy ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida Ikkinchi Jahon urushi faxriysi Ignat Sergeyevich Artemenko Rossiya Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishni qo‘llab-quvvatlab o‘z fuqarolik munosabatini bildirgani aks etgan video joylagan. Ushbu videoga u faxriyning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda uning obro‘siga putun yetkazadigan izohlar yozib qoldirgan.
Navalniy o‘z harakati bilan faxriyga ma’naviy zarar yetkazgan. U aybini tan olmagan. Tuhmat to‘g‘risidagi modda uchun jarima yoki majburiy mehnat ko‘rinishadagi jazo belgilangan.
Avvalroq, Moskvaning Simonov sudi “Iv Roshe” ishi bo‘yicha Navalniyga tayinlangan shartli jazoni realga aylantirgani haqida xabar bergan edik. U hozircha “Matrosskaya Tishina” tergov hibsxonasida saqlanyapti. Aleksey Navalniy sud qaroriga ko‘ra, 3,5 yillik muddatning 2,5 yilini koloniyada o‘tkazadi.
LiveBarchasi