“Navalniy” “Oskar”ni qo‘lga kiritdi

Olam

image
Putin boshiga bitilgan balo. Navalniy asirga aylanganiga bir yil to‘ldi north_east

Putin boshiga bitilgan balo. Navalniy asirga aylanganiga bir yil to‘ldi

29 yoshli kanadalik rejissyor Deniel Roer tomonidan suratga olingan “Navalniy” filmi “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotiga ega chiqdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, taqdirlash marosimida Navalniyning maslakdoshi Mariya Pevchix, rafiqasi Yuliya, qizi Dariya va o‘g‘li Zaxar ishtirok etgan. Ularning barchasi film rejissyori bilan birgalikda sahnada mukofotni qabul qilib olgan.

“Men ushbu mukofotni Aleksey Navalniyga va dunyodagi barcha siyosiy mahbuslarga bag‘ishlamoqchiman”, degan film rejissyori Deniel Roer “Oskar”ning oltin haykalchasini olgan paytda.

Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya mukofotni qabul qilib olish uchun sahnaga chiqib, eri bir kun kelib ozod bo‘lishini va Rossiya yana erkin mamlakatga aylanishini orzu qilishini aytgan.

“Erim faqat haqiqatni aytgani uchun qamoqda. Erim faqat demokratiyani himoya qilgani uchun qamoqda. Aleksey, men siz ozod bo‘ladigan va mamlakatimiz ozod bo‘ladigan kunni orzu qilaman. Kuchli bo‘ling, mening sevgilim”, degan u. 

Ma’lumot uchun, “Navalniy” hujjatli filmining premerasi 2022 yil 25 yanvar oyida “Saundance” festivalida bo‘lib o‘tgan edi. Film 2020 yilning avgust oyida rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq voqealar haqida hikoya qiladi. Deniel Roerning ushbu hujjatli filmi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, 2022 yilning 29 yanvarida “Favorite Festival” mukofotini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, ushbu hujjatli film Britaniyaning BAFTA mukofotiga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oskar Putin Naval'niy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing