Navalniy “Qutb bo‘risi” koloniyasidan birinchi xatini chiqardi
Olam
−
26 dekabr 2023 8447 2 daqiqa
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy hozir o‘zi saqlanayotgan Rossiyaning Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘ida joylashgan 3-sonli “Qutb bo‘risi” axloq tuzatish koloniyasidan birinchi xatini chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. U qo‘llab-quvvatlagani uchun barchaga minnatdorlik bildirdi va o‘zini yaxshi his qilayotganini yozdi.
Navalniy maktubida 20 kun davom etgan va juda toliqtirgan maxsus rejimli koloniyaga o‘tkazilishi haqidagi tafsilotlar bilan o‘rtoqlashgan.
“Shanba kuni kechqurun (23 dekabr) meni olib kelishdi. Va ular shunday ehtiyot choralari va g‘alati yo‘l bo‘ylab olib ketishdiki (Vladimir - Moskva - Chelyabinsk - Yekaterinburg - Kirov - Vorkuta - Xarp), yanvar oyining o‘rtalariga qadar meni bu yerda hech kim topib olishini kutmagan edim. Shu bois kecha kamera eshiklari “sizda advokat bor” degan yozuvlar bilan ochilganida men juda hayron bo‘ldim”, deb yozadi Navalniy.
Shuningdek, u koloniyadagi saqlash sharoitlari haqida biroz so‘z ochgan. Xususan, uni sayr qilish uchun qo‘shni kameraga olib chiqishadi, u yerda polda qor bor va kamera derazasidan tashqarida juda yaqin turgan panjara ko‘rinadi.
“Men derazadan tashqariga qarayman, u yerda kechning boshlanashi, keyin kechqurun, keyin yana tun. Yana men konvoyni ko‘rdim, u Rossiyaning markaziy qismidagi kabi emas, balki filmlardagi kabi – qo‘lida avtomat, issiq qo‘lqoplar va kigiz etiklarda. O‘sha juda chiroyli momiq cho‘pon itlari ham bor”, deb yozgan Navalniy.
19 kun davomida qayerdaligi noma’lum bo‘lgan rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy kecha, 25 dekabr kuni Rossiyaning Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘ida joylashgan 3-sonli “Qutb bo‘risi” axloq tuzatish koloniyasidan topildi.
Aleksey Navalniyning advokatlari, qarindoshlari va hamkorlari deyarli uch hafta davomida uning qayerdaligini aniqlay olmagan. U bilan aloqa 6 dekabr kuni yo‘qolgan. Dastlabki bir necha kun davomida uning advokatlari turli bahonalar bilan koloniyaga kiritilmagan. Shundan so‘ng, sud Navalniy 11 dekabr kuni “Vladimir viloyatini tark etgani”ni uning aniq manzilini ko‘rsatmasdan ma’lum qilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025