NATOning favqulodda sammiti kelasi hafta o‘tkazilishi mumkin

Olam

image

Ukrainadagi mojaro tufayli NATOning favqulodda sammiti kelasi hafta bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda 11 oktyabr kuni Polsha Prezidenti Anjey Duda Bratislavada bo‘lib o‘tgan Vishegrad guruhi (Vengriya, Polsha, Slovakiya, Chexiya) yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

Dudaning aytishicha, u 10 oktyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashganidan keyin NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergga qo‘ng‘iroq qilgan.  

“Men Bosh kotib Stoltenbergga Prezident Zelenskiyning NATOning favqulodda sammitini davlat va hukumat rahbarlari darajasida chaqirish haqidagi iltimosini yetkazdim”, dedi Duda nutqi Polsha televideniyesi bergan intervyusida. 

Dudaga, NATO Bosh kotibi Stoltenberg hozirda bunday qadamni o‘ta jiddiy o‘ylab ko‘rayotganini, bunday yig‘ilishni chaqirishini aytgan.  

“Bu uchrashuv kelasi hafta bo‘lib o‘tishi ehtimoli yuqori”, deydi Duda. 

11 oktyabr kuni NATO Bosh kotibi alyans mamlakatlari Mudofaa vazirlarining Bryusselda 12-13 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida hozirda alyans Ukrainadagi mojaro tufayli favqulodda sammit o‘tkazish zaruriyatini baholayotganini aytdi.  

Shuningdek, “Reuters” agentligi o‘z manbalariga tayanib, NATO Rossiyaning yangi hududlarga qo‘shilishiga javob sifatida virtual sammit o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda Rossiyadagi qisman safarbarlik va Moskvadan kelayotgan taxminiy yadroviy tahdidlar masalalari ko‘rib chiqiladi. Videokonferensiya sanasi hali belgilanmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

NATO

Baholaganlar

50

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing