NATOning 2023 yilgi harbiy byudjeti 25 foizga oshdi
Olam
−
15 dekabr 2022
2968NATOning 2023 yilgi harbiy byudjeti 25 foizga oshirilib, taxminan 1,96 milliard yevroga yetdi. Alyans bayonotiga ko‘ra, a’zo davlatlarning roziligi bilan harbiy byudjet 25 foizga oshirilib, taxminan 1,96 milliard yevroga, fuqarolik byudjeti esa taxminan 28 foizga oshirilib, 370,8 million yevroga yetkazildi.
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, byudjetni oshirish NATO ittifoqchilarining joriy yil iyun oyida Madridda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida belgilangan maqsadga erishish istagining aniq ifodasidir.
“Biz NATOga ko‘proq sarmoya kiritishda davom etishimiz kerak”, deydi Stoltenberg.
NATOning fuqarolik byudjeti NATO shtab-kvartirasi uchun xodimlar, operatsion va dastur sarflari kabi xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi.
Harbiy byudjet NATO operatsiyalari, missiyalari va shtab-kvartirasidagi qo‘mondonlik tuzilmasining joriy xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Fuqarolik va harbiy byudjetlardan tashqari, 2023 yil uchun NATO Xavfsizlik investitsiya dasturi uchun xarajatlarning maksimal chegarasi 26,6 foizga o‘sish bilan 1 milliard yevro qilib belgilandi.
LiveBarchasi