NATO Ukrainaga 500 mln yevrolik yangi yordam paketini yuboradi
Olam
−
07 iyul 2023
2616NATO Ukrainaga 500 million yevrolik yangi qo‘shimcha yordam paketini tayyorlaydi va jo‘natadi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, u yoqilg‘i va dori-darmonlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, alyans Ukrainaga artilleriya o‘q-dorilarini yetkazib berish hajmini oshiradi.
"Biz misli ko‘rilmagan miqdorda turli xil o‘q-dorilarni jo‘natdik va yetkazib berishni e’lon qilishda davom etmoqdamiz. Bu to‘g‘ri muvofiqlashtirilmoqda", deydi Stoltenberg.
U Ukraina har kuni minglab o‘q-dorilardan foydalanishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
"Shuning uchun biz ularni yana o‘tkazishimiz kerak. Ittifoqchilar aynan shunday qilmoqda: ular Ukrainaga tobora ko‘proq o‘q-dorilar va turli artilleriya tizimlari, zirhli texnikalar, tanklar va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun ehtiyot qismlar yetkazib berishmoqda", deydi Stoltenberg.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiya Kiyevga jangovar vertolyot va o‘q-dorilar berishini ma’lum qilgandik.
LiveBarchasi