NATO sammiti vaqtida Vilnyus aeroporti Patriot'lar himoyasida bo‘ladi

Olam

image

Litvaning Vilnyus shahrida ertaga, 11 iyul kuni boshlanadigan NATO sammiti oldidan shahar aeroportiga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari joylashtirildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur sammitda alyansga a’zo 31 ta davlatning davlat va hukumat rahbarlari, tashkilot a’zoligiga da’vogar Shvetsiya vakillari, shuningdek, Janubiy Koreya, Yaponiya va Yangi Zelandiya delegatsiyalari ishtirok etadi. Bundan tashqari, xabarlarga ko‘ra, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Vilnyusga borishni maqsad qilgan.

Sammitda ishtirok etadigan yetakchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Litva poyxatida zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Xususan, Vilnyus aeroportiga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari joylashtirildi. Shuningdek, sammit bo‘lib o‘tadigan 11-12 iyul kunlari xavfsizlikni ta’minlash uchun 3000 dan ortiq litvalik harbiylar ham jalb qilingan.

Ma’lumot uchun, Vilnyus sammitida Kiyevni yangi snaryadlar, shu jumladan AQSH tomonidan taqdim etiladigan kassetali o‘q-dorilar bilan ta’minlash, o‘tgan oy Rossiyada yuz bergan Prigojin isyonining mamlakat rahbariyati hamda uning operatsiyalariga ta’sirini baholash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, Zelenskiy Vilnyus sammitida Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi bo‘yicha ham ijobiy qadamlar tashlanishini kutyatpti. U urush tugaganidan so‘ng mamlakatining blokka qo‘shilish jarayoni boshlanishiga umid qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Patriot Vil'nyus aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing