NATO kuchlarining chegaralar yaqinida to‘planishi butun tashkilot uchun xavf – KXSHT
Olam
−
09 fevral 2022
7106NATOning qo‘shni hududlarda harbiy faolligini oshirishi nafaqat Belarus va Rossiyaga tahdid soladi, balki butun Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT – ODKB) xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda bugun, 9 fevral kuni tashkilot bosh kotibi Stanislav Zas “Valday” xalqaro munozara klubining “Yangi davrda kollektiv xavfsizlik: KXSHT tajribasi va istiqbollari” konferensiyasida aytib o‘tdi.
“KXSHT mas’uliyat zonasining g‘arbiy chegaralarida NATO harbiy guruhlari sezilarli darajada oshgani, qo‘shni hududlarda harbiy infratuzilmaning rivojlanishi kuzatilmoqda. Harbiy faollik kuchaymoqda, aslida butun mintaqani harbiylashtirish. Bu davom etmoqda. Bu nafaqat Belarus va Rossiyaga tahdid soladi, balki butun tashkilotimiz, butun KXSHT xavfsizligiga salbiy ta’sir qiladi”, deydi u
“Buni butun tashkilot nomidan aytishga jasoratim bor, chunki KXSHTni 2025 yilgacha rivojlantirish strategiyasida aynan shunday yozilgan”, deya qo‘shimcha qildi Zas.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tashabbuslari va Moskvaning G‘arb hamkorlari bilan xavfsizlik bo‘yicha olib borayotgan murakkab muzokaralari KXSHT manfaatlariga mos keladi.
Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni Rossiya agressiyasiga qarshi oldindan ko‘rilgan chora sifatida AQSH Polshaga rasman o‘z qo‘shinlarini kiritdi.
So‘nggi paytlarda Rossiya-Ukraina mojarosi jiddiy tus olgan. Bir tomonda Kiyevni qo‘llayotgan AQSH va NATO turgan bo‘lsa, boshqa tomonda harbiy tayyorgarliklarni boshlab yuborgan Rossiya turibdi.
Ukrainaning tarafini olib AQSH Kiyevga 200 million dollar miqdoridagi, qariyb 500 tonna qurol-yarog‘, 300 ta Jevelin tankka qarshi o‘tochar texnikalari va 5 ta MI-17 vertolyotini yetkazib berganini bildirgan. Bundan tashqari, 8 500 nafar harbiyni Sharqiy Yevropaga yuborish uchun shay holda ushlab turgani haqida ma’lum qilgan.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaga elita bo‘linmasining 30 nafar harbiy xizmatchisini, 2 000 ta tankka qarshi raketa va qurol-yarog‘ yuborilgani haqida xabar bergan.
Boshqa tomondan Rossiya, Ukraina bahonasida “burni tagiga” tiqilib olayotgan NATOning Sharqiy Yevropa tomon siljib kelishini qoralab, unga qarshi o‘z hududi va Belarusning Ukraina bilan chegaradosh yerlarida 100 000 dan ortiq qo‘shin va harbiy texnikalar to‘plagan.
LiveBarchasi