NATO qurol ishlab chiqarishning yangi maqsadlari bo‘yicha kelishuvga erishdi 

Olam

image

NATO Ukraina uchun asosiy turdagi qurollarni ishlab chiqarish va alyansga a’zo mamlakatlarni qurollantirish bo‘yicha yangi maqsadlarni kelishib oldi. Bu haqda bugun, 21 mart kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg 2022 yil uchun yillik hisobot davomida aytib o‘tdi.

“Biz hozir Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘zimizning mudofaa tizimimiz uchun asosiy qurollarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi maqsadlar bo‘yicha kelishish jarayonidamiz”, degan Stoltenberg.

Shuningdek, u NATOga a’zo 30 davlatdan faqat yettitasigina mudofaa xarajatlarini YAIMning 2 foizigacha oshirish maqsadiga erishganini aytgan. 

“Ayni damda NATOning yetti mamlakatining mudofaa xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 2 foiziga yetdi, biz bundan ham ko‘proq bo‘lishini kutgan edik”, deydi Stoltenberg.

Bosh kotib barcha mamlakatlar harbiy xarajatlarni oshirayotganini ta’kidlab, lekin bu yetarlicha tez amalga oshmayotganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, NATOga a’zo davlatlar joriy yilning iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan oshirish bo‘yicha yangi majburiyatlarni olishlari kerak.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Yens Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing