NATO ertaga yangi Bosh kotibini e’lon qiladi – AFP 

Olam

image

Elchilar darajasidagi NATO Kengashi ertaga, 26 iyun kuni Niderlandiyaning Bosh vaziri Mark Ryutteni alyansning bo‘lajak Bosh kotibi sifatida rasman e’lon qiladi, u oktyabr oyida o‘z lavozimini egallaydi. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, “Agence France-Presse” xabar berdi.

“NATOning 32 mamlakati elchilari Shimoliy Atlantika kengashi yig‘ilishida tayinlovni ma’qullaydi”, deya qayd etadi AFP.

Ryutte nomzodi avvalroq YeI yetakchilari tomonidan 17 iyun kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi va NATOdagi muhim lavozimlarga tayinlash masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan sammitda norasmiy ravishda kelishilgan edi.

Keyin ittifoqning bu tayinlovga to‘sqinlik qilgan oxirgi davlatlari Vengriya va Ruminiya o‘z e’tirozlarini qaytarib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing