NATO davlatlarining o‘q-dori zaxiralari tugadi – Stoltenberg

Olam

image

NATO rahbari Yens Stoltenberg blokka a’zo davlatlarning o‘q-dorilari tugab borayotgani va shu sababli ittifoqchilar ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun mudofaa bitimlarini imzolashni tezlashtirishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Stoltenberg o‘q-dori zaxiralari tugab borayotganini hisobga olib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun mudofaa kompaniyalari bilan shartnomalarni ko‘proq imzolashi kerakligini aytgan. Harbiy blok rahbari ittifoqdosh mamlakatlarga imkon qadar tezroq yalpi ichki mahsulot hajmining kamida 2 foizini buning uchun sarflashga undagan.

Norvegiyaning Oslo shahrida bo‘lib o‘tgan alyans tashqi ishlar vazirlarining ikki kunlik yig‘ilishida Ukrainaning NATOga qo‘shilishi masalasi va uni Rossiyaga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilingan. Unda Stoltenberg butun alyans bo‘ylab harakatni kuchaytirishga chaqirgan.

“Bizga kerak bo‘lgan narsa shartnomalarni imzolash. Chunki sanoat sarmoya kiritishga va ishlab chiqarishni ko‘paytirishga tayyor”, deydi Stoltenberg.

NATO rahbari iyul oyida Litvaning Vilnyus shahrida yetakchilar yig‘ilishida ittifoqchilar mudofaa sanoati bo‘yicha harakatlar rejasi yuzasidan ham kelishib olishlariga umid bildirgan. Unda ishlab chiqarish va qo‘shma xaridlarni qanday oshirish, shuningdek, o‘zaro muvofiqlik va standartlashtirishni qanday ta’minlash ko‘rsatiladi.

Ittifoq, shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish hamda ichki mudofaa ehtiyojlari uchun mamlakatlarning katta zaxiralarga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida jangovar o‘q-dorilar, shu jumladan, 155 millimetr kalibrli artilleriya snaryadlari bo‘yicha yangi ko‘rsatmalarga ham rozi bo‘lgan.

“Hozircha ittifoqchilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun zaxiralarni tugatdi. Bu barqaror yo‘l emas, shu sababli biz yangi va yanada ulug‘vor maqsadlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqarishni kuchaytirishimiz kerak”, degan Stoltenberg.


Maqola muallifi

Teglar

NATO o'q-dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing