NATO Bosh kotibi infeksiya sabab Berlinga tashrifini bekor qildi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergga shingilla kasalligi tashxisi qo‘yildi, shu sababli u bugun, 9 iyun kuni Berlinga tashrifini bekor qildi. Bu haqda “Reuters” Shimoliy Atlantika alyansi vakiliga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, endi Germaniya va Ruminiyadagi muzokaralar masofaviy amalga oshiriladi. Bosh kotib ishini uyidan davom ettiradi.

“Bosh kotib Germaniyaga (va Ruminiyaga) rejalashtirilgan tashrifini masofadan turib amalga oshiradi”, deydi nomi oshkor qilinmagan alyans rasmiysi.

Nashrga ko‘ra, mazkur infeksiya Yens Stoltenbergning COVID-19 ga chalinganidan so‘ng paydo bo‘lgan.

Stoltenberg 9 iyun kuni Berlinda Germaniya katsleri Olaf Shols bilan uchrashishi, ertasiga esa Buxarestda Ruminiya, Polsha va Vengriya rahbarlari bilan muzokara o‘tkazishi kerak edi.

Germaniya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, NATO Bosh kotibi Berlinga tashrifi chog‘ida departament rahbari Kristina Lambrext bilan ham uchrashishi rejalashtirilgandi. Uchrashuvda: 

•  Sharqiy qanotda qo‘shinlarni kuchaytirish bo‘yicha taklif;
•  oy oxirida Madridda o‘tkaziladigan NATO sammitiga tayyorgarlik; 
•  kelasi hafta alyans Mudofaa vazirlari yig‘ilishi;
•  blokning yangi strategik konsepsiyasi;
•  Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi muhokama qilinishi kutilgan.

Ma’lumot uchun, 63 yoshli Stoltenberg may oyi boshida koronavirus bilan kasallangan edi. Uning matbuot kotibi Sissel Kruse Larsenning so‘zlariga ko‘ra, unda kasallikning yengil belgilari kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing