NATO harbiy bazasi ustida ikki marta dronlar kuzatildi

Olam

image

Belgiya shimoli-shirqidagi Per shahridagi NATOning Klayne-Brogel aviatsiya bazasi ustida ikki marta noma’lum dronlar ko‘rilgan. Dronlarining paydo bo‘lishi bugun, 2 noyabr kuni kechasi va oldingi kechada aniqlangan.

Mudofaa vaziri Teo Franken bugun, 2 noyabr kuni ertalab X ijtimoiy tarmog‘ida o‘sha kechada Klayne-Brogel aviatsiya bazasi ustida uchta dron haqida xabarlar kelganini ma’lum qildi. 

Ular yuqori balandlikda harbiy ob’ektning ustida uchib o‘tgan va Teo Franken bu oddiy dronlarning parvozi emasligiga, ularning aniq maqsadi Klayne-Brogel bazasi ekaniga ishonadi.

Frankenning so‘zlariga ko‘ra, dronlarni yo‘q qilish tizimi dushman dronlariga qarshi samarali kurash olib bora olmagan. Bunning sababi, ehtimol, ob’ektlar bilan uzoq masofa yoki radioto‘lqinlar to‘g‘ri sozlanmagani bo‘lishi mumkin. Dronni politsiya vertolyotlari taqib qilgan, lekin bir necha kilometrdan keyin ular aloqani yo‘qotgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Antverpen aeroporti ustida dron to‘xtab turdi va samolyot bilan to‘qnashishiga sal qoldi

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, dron Antverpen shahridagi Derne aeroporti ustida ko‘rilgan va samolyot bilan to‘qnashuv xavfi qisqa muddatga mavjud bo‘lgan. Bu voqeani Belgiya federal politsiyasi tasdiqladi. Xabar berilishicha, dron soat 19:00 atrofida aeroport ustida to‘xtab turgan va samolyotga yaqinlashish xavfi mavjud bo‘lgan. Bir oz vaqt o‘tib, dron uchib ketgan.

Shu kabi hodisa bir kun oldin ham yuz berdi

Kuni kecha, o‘sha aviatsiya bazasi ustida shunga o‘xshash hodisa haqida xabar berilgan edi. Dron operatorlarini qidirish ishlari davom etmoqda. 

“Kelgusi hafta Mudofaa vazirligi vakillari mahalliy politsiya bilan uchrashib, tahdidni tahlil qilish va hodisa tahsilotlarini aniqlashadi”, dedi Franken. 

U, shunga qo‘shimcha ravishda, harbiy bazalar ustida dron uchishlari qat’iy man etilganligini va bunday dronlarni yo‘q qilish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Klayne-Brogel aviatsiya bazasida yadroviy qurol saqlanishi mumkin

Klayne-Brogel aviatsiya bazasi oktyabr oyida NATOning yadroviy quroldan foydalanish bo‘yicha mudofaa mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. Bu mashg‘ulotlarda 2 mingga yaqin harbiy ishtirok etgan.

“Aviabaza Yevropada AQSHning yadroviy qurolini saqlash joylaridan biri hisoblanadi”, deya ta’kidladi dpa agentligi. 

Belgiyaning “Belga” axborot agentligi Klayne-Brogel bazasini Belgiya armiyasining muhim havo bazasi deb atagan. Bu yerda AQSH yadroviy quroli saqlanadi va 2027 yildan boshlab, yangi F-35 qiruvchi samolyotlar ushbu bazada joylashadi.

Shu kabi hodisalar Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham sodir bo‘ldi

So‘nggi haftalarda Belgiya va boshqa Yevropa davlatlarida shu kabi hodisalar bir necha bor qayd etilgan. Oktyabr oyi oxirida Marsh-en-Famen shahridagi harbiy bazada ikki marotaba dronlar kuzatilgan. Mudofaa vaziri Belgiyadagi armiyaning yuragiga qarshi aniq rejalashtirilgan operatsiya va tajribali dron operatorlarining ishlari haqida gapirgan. Oktyabr boshida esa 15 ta dron Elzenborn harbiy poligonidan uchgan.

Noma’lum dronlar Germaniya, Daniya va Norvegiyadagi harbiy ob’ektlar va aeroportlar yaqinida ham uzoq vaqt davomida kuzatilgan. Ushbu hodisalar sababli ayrim aeroportlar vaqtincha reyslarni qabul qilishni va yuborishni to‘xtatgan.

Dronlarni kim uchirayotganini aniqlash hali amalga oshmagan, ammo Rossiya tarafiga shubha bildirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Bel'giya Dronlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing