“Nasaf” OCHL 2da mavsumni durang bilan boshladi
Sport
−
09:29 669 1 daqiqa
Kecha, 16 sentyabr kuni “Nasaf” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining 2026-2027 yilgi mavsumi 1-turida Bahraynning “Al-Haldiya” klubi mehmoni bo‘ldi. Riffa shahridagi “Bahrayn Milliy” stadionida o‘tkazilgan uchrashuvda hisob ochilmadi.
Tomonlar 0:0 hisobida durang qayd etib, bir ochkodan bo‘lishdi. Uchrashuv ehtiyotkorona ssenariy asosida kechdi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari safarda o‘ynayotganiga qaramay, tashabbusni o‘z qo‘liga olish va xavfli vaziyatlar yaratishga harakat qildi. Biroq “ajdarlar” mezbonlar himoyasini yorib o‘tib, hisobni ochishning uddasidan chiqa olmadi.
O‘z navbatida, “Al-Haldiya” ham “Nasaf” darvozasiga yo‘l topa olmadi. Natijada jamoalar nursiz durang va bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Shu tariqa, “Nasaf” xalqaro maydondagi yangi mavsumni safarda qo‘lga kiritilgan bir ochko bilan boshladi.
Ayni paytda Osiyo chempionlar ligasi-2ning “A” guruhida “Al-Vahda” 3 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Nasaf” va “Al-Haldiya” esa bir ochkodan jamg‘argan holda mos ravishda 2- va 3-o‘rinlarda bormoqda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr