“Nasaf” “Navbahor”ga imkoniyatni boy berdi, “Metallurg” “Qizilqum”ni “sochib” tashladi

Sport

image

Kecha, 12 aprel kuni O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv o‘tkazildi. 

Dastlab, Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qildi. Mezbonlar bahsni to‘liq o‘z nazorati ostida o‘tkazishib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Bekobodlik futbolchilar Zohid Abdullayevning dubli, Stanislav Andreyev va Bahrom Abdurahimovlarning gollariga navoiyliklar bor yo‘g‘i bitta gol bilan javob qaytara olishdi. Yakuniy hisob 4:1.

Turning ikkinchi o‘yini Qarshi shahrida bo‘lib o‘tdi. Mezbon “Nasaf” Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Yagona gol mehmonlar legioneri Aleksandr Kasyan hisobiga yozildi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing