“Nasaf” futbolchisi Osiyoning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin
Sport
−
14 may 5011 1 daqiqa
“Nasaf”ning 21 yoshli yarim himoyachisi Sardorbek Bahramov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Sardorbek Bahramov OFKning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun 10 nafar nomzodlar qatoridan joy olgan. Shuningdek, ushbu nominatsiya uchun nomzodlar ro‘yxatida “Al Ahli”, “Al G‘arafa”, “Joxor Darul Tazim”, “Ulsan”, “Shabab Al Ahli” va “Melburn Siti” kabi jamoa futbolchilari bor. G‘olibni aniqlash tashkilotning veb-saytida ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.
Ma’lumot uchun, Sardorbek Bahramov “Nasaf” bilan Elit Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining barcha sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi, biroq qarshiliklar ushbu musobaqada 4 ochko jamg‘argan holda so‘ngi pog‘onada o‘z ishtirokini yakunladi.
2024-2025 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Avstraliyaning “Uestern Sidney Uonderers” klubi futbolchisi Aleksander Badolato Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topilgan.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust