NASA Yupiter yo‘ldoshidan hayot izlovchi missiyani boshladi (video)
Bu qiziq
−
15 Oktabr
2579AQSHning Florida shtatidagi kosmodromdan SpaceX kompaniyasining Falcon raketasi Yupiterning 95 yo‘ldoshidan biri bo‘lgan – Yevropada hayot izlarini qidirish maqsadida Europa Clipper deb nomlangan kosmik stansiyani orbitaga chiqardi. Bu haqda NASA X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ekipajsiz kosmik apparat Europa Clipper deb nomlangan bo‘lib, ming yillar oldin yer yuzidagi okeanlarni zabt etgan kemalarga o‘xshatilib shunday atalgan. Kosmik kema 1,8 milliard mil masofadagi sayohatdan so‘ng 2030 yilda Yupiter orbitasiga kiradi va u yerda to‘rt yil davomida tadqiqotlar olib boradi. Europa Clipper olimlarga Yevropada hayotni qo‘llab-quvvatlaydigan sharoitlar mavjudmi yoki yo‘qligini baholashga yordam beradi.
Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar bo‘yicha milliy boshqarma (NASA) ushbu yo‘ldoshni Quyosh sistemasida hayotni qidirish uchun eng istiqbolli joylardan biri deb hisoblaydi.
Avvalgi missiyalar kuzatuvlariga ko‘ra, Yevropaning muzli qobig‘i yer ostidagi okean ustida suzib yuradi va unda Yerning barcha okeanlaridan ikki barobar ko‘p suv bor.
Europa Clipper missiyasining ilmiy xodimi Kurt Niburga ko‘ra, Yevropa – suyuq suvga ega bo‘lgan sayyoralar va yo‘ldoshlar sinfi – “okean olami” sifatida birinchi hujjatlashtirilgan olam hisoblanadi.
“Boshqa yaqin yo‘ldoshlar, masalan, Yupiterning Ganimed va Saturnning Enselad
yo‘ldoshlari ham “okean olamlari” deb hisoblanadi, biroq Yevropaga tegishli okean Yernikiga eng yaqin”, deydi tadqiqotchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA olimlari Marsda birinchi marta sayyora yuzasi ostidagi juda katta chuqurlikdan suyuq holdagi suvni topgan edi.
LiveBarchasi