NASA oltin to‘la asteroidga raketa uchirdi (video)

Texnologiya

image

SpaceX va NASA eng muhim kosmik missiyalardan biriga start berdi. 13 oktyabr kuni Kennedi kosmik markazida 10 kvintillion dollarlik Psyche-16 asteroidiga zond olib o‘tadigan SpaceX Falcon Heavy raketasi uchirildi. Bu haqda "Chudo texniki" nashri xabar berdi.

Ushbu asteroidning tarkibi olimlarda allaqachon qiziqish uyg‘otgandi. U taxminan 10 000 000 000 000 000 000 000 (10 kvintilion) AQSH dollariga teng temir, nikel va oltinni o‘z ichiga oladi, bu butun jahon iqtisodiyotidan ham qimmatroqdir.

Olimlarning fikriga ko‘ra, Psyche-16 qadimgi sayyora yadrosining bo‘lagi bo‘lishi mumkin. Missiya doirasida asteroid batafsilroq o‘rganiladi: olingan ma’lumotlar mutaxassislarga kosmik jismlarning paydo bo‘lish tamoyillarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, Psyche-16 1852 yilda italyan astronomi Annibale de Gasparis tomonidan kashf etilgan. U Mars va Yupiter orasida, Yerdan yuzlab million kilometr uzoqlikda joylashgan. Shu sababli ushbu asteroidga yetib borish uchun olti yil davomida to‘xtovsiz uchish kerak.

Eslatib o‘tamiz, NASA iyul oyining oxirida qimmatbaho metallarga boy, deb taxmin qilinayotgan Psyche-16 asteroidi tomon shu nomdagi kosmik kemani uchirishga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin raketa asteroid SpaceX NASA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing