Narimon Umarov “Chorsu” bozorida saylovchilar bilan uchrashdi

Biznes

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Narimon Umarov Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida saylovchilar bilan uchrashdi. Unda partiya Siyosiy Kengashi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda deputatlikka nomzodlar, partiya ekspertlari va faollari ishtirok etdi.

Saylovoldi tashviqot rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran shu shakldagi tadbirlar “Adolat” SDP tomonidan muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida miting, sayl, aksiyalar o‘tkazildi. Ularda partiyaning asosiy g‘oya va maqsadlari xalq e’tiboriga havola etildi.


Mazkur xalqimiz va saylovchilarimiz bilan doimiy gavjum bo‘ladigan “Chorsu” bozorida tashkil etilgan xalq bilan uchrashuvda ham partiya tomonidan ilgari surilayotgan g‘oya va tashabbuslar bilan birgalikda saylovchilarni qiynab kelayotgan bir qator muammolar tinglandi hamda bu muammolar yechimi yuzasidan partiyaning kelgusi besh yillikda amalga oshirishi belgilangan takliflari aytib o‘tildi.

Jumladan, bozorlarimizdagi narx-navo barqarorligini ta’minlash, bugungi kunda yurtdoshlarimiz dasturxoni to‘kinligi uchun xizmat qilayotgan tadbirkorlarimizga keng imkoniyat va sharoitlar yaratish, qo‘llanilayotgan soliqlar tizimini yanada soddalashtirish orqali aholimizga tadbirkorlar tomonidan yetkazib berilayotgan tavarlar narxlari asosiz oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi shular jumlasidandir.

Ishonch ila ayta olamizki, har bir nomzodimiz o‘z ovozi va so‘ziga ega. Ular o‘z saylovoldi dasturlarini tuzishda hududdagi dolzarb muammolar va insonlar istaklariga tayanishgan. Albatta, partiya saylovoldi dasturidagi ustuvor g‘oyalar asosida maqsad va rejalar belgilangan.

Targ‘ibot tadbiri ishtirokchilari saylov arafasida “Adolat” SDP tashabbusi bilan amaliyotga tatbiq etilayotgan g‘oyalarni qo‘llab quvvatladilar.
 

Reklama huquqi asosida 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Narimon Umarov Adolat

Baholaganlar

33

Reyting

4.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing