Narendra Modi Vladimir Putin bilan uchrashishni rad etdi

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi yillik yuzma-yuz uchrashuv 2022 yilda bo‘lib o‘tmaydi. Bu haqda Hindiston hukumat manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

“Bloomberg” agentligi ham Modining Putin bilan uchrashishni rad etganini tasdiqladi. Nashrning qayd etishicha, Hindiston tomoni uchrashuvni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni Rossiya Prezidentining Ukrainaga urush vaqtida yadro qurolidan foydalanish haqidagi tahdidlaridan so‘ng qabul qilgan.

Agentlikning anonim rossiyalik manbasiga ko‘ra, Hindiston Bosh vaziri qarori O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitidayoq yaqqol ko‘rinib qolgan. Modi Samarqandda Putinga hozir urush davri emasligini aytgan edi.

O‘z navbatida, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Rossiya va Hindiston rahbarlari 2022 yil oxirigacha uchrashishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi.

Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi har yili tashkil etiladigan yuqori darajadagi uchrashuvlar 2000 yilda qabul qilingan strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyaga muvofiq o‘tkaziladi. Uchrashuv 2020 yilda COVID 19 pandemiyasi tufayli bo‘lib o‘tmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Narendra Modi

Baholaganlar

441

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing