Tabiiy vino mahsulotlari reklamasiga ruxsat beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tabiiy vino mahsulotlari televideniyeda soat 22:00 dan 07:00 gacha namoyish qilinishiga ruxsat beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’mol etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ikki mahalliy ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari namunalarini jamoat joylarida tekin tarqatishni istisno etgan holda, ularning reklamasiga quyidagi hollarda ruxsat berishni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqadi:

•  mehmonxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari savdo zalining ichki qismida hamda mahsulotlarni namoyish va degustatsiya qilish joylarida;

•  axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini ko‘rsatgan holda ishlab chiqaruvchi va savdo korxonalarining rasmiy veb-saytlarida;

•  temir yo‘l va havo transporti vositalarida;

•  televideniyeda mahalliy vaqt bilan soat 22:00 dan 07:00 gacha namoyish qilinishiga.


Maqola muallifi

Teglar

qarori loyihasi Tabiiy vino

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing