Napoliga o‘tolmay qolgan o‘zbek futbolchisi endi Yaponiyada o‘ynaydi
Sport
−
06 mart 2019
7446Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Yaponiya chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi. Hujumchi Zabihillo O‘rinboyev Yaponiya Jey-liga 2da harakat qiladigan “Tokusima Vortis” klubi bilan shartnoma imzolagan. Buni futbol agenti San’at Sharipov o‘zining tvitterdagi sahifasida e’lon qilgan.
Asli “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan futbolochi bir necha yillar davomida O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida muvofaqqiyatli to‘p tepib kelgan edi. Shu boisdan bir necha yillar avval bu futbolchiga Italiyaning “Napoli” klubi qiziqish bildirgan va futbolchi biroz muddat sinov uchun klubda shug‘ullangan edi. Ammo transfer amalga oshmagandi.
Lekin O‘rinboyev va nihoyat legionerga aylandi. Futbolchining yangi jamoasi ayni paytda J2 ligasida ikki o‘yindan so‘ng 3 ochko bilan 22 jamoa orasida 11-pog‘onan egallab turibdi.
LiveBarchasi