“Napoli” futbolchilari “Barselona”ni yutsa, katta bonusga ega bo‘ladi

Sport

image

“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis o‘z klubi futbolchilari Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqsa, ularga 10 million yevro miqdorida bonus to‘lashga tayyor. Bu haqda “La Gazetta dello Sport” xabar berdi.

Jamoalarning Neapolda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinida 1:1 hisobida durang qayd etilgandi. Javob o‘yini 13 martga o‘tar kechasi 01:00 da start oladi.

De Laurentis 2025 yilda AQSHda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida “Napoli” ham ishtirok etishini xohlamoqda, chunki JCH ishtirokchilarga katta summadagi bonuslar va’da qilingan.

Turnir ishtirokchilarining har biri 50 million yevrodan daromad ko‘radi. 2025 yilgi Jahon chempionatida qatnashish uchun neapolliklar bu mavsum Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Napoli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing