Napoleonning qilichi va to‘pponchalari 2,8 mln dollarga sotildi
Olam
−
08 dekabr 2021
4884Fransiya Imperatori Napoleon I Bonapartning shohona qilichi va beshta to‘pponchasi AQSHdagi auksionda sotildi. “France24” ma’lumotlariga ko‘ra, u bu quroldan 1799 yilda davlat to‘ntarishi paytida foydalangan.
Lotni Illinoys shtatidagi Rock Island auksion kompaniyasi sotuvga qo‘ygan. Uni anonim xaridor 2,87 million dollarga sotib olgan. Qilich va beshta bezatilgan to‘pponcha dastlab 3,5 million dollargacha baholangan.
“Napoleon qurollarini qo‘lga kiritgan xaridor uyiga juda kam uchraydigan tarix asarini olib ketyapti. Biz unga shunday tarixiy ob’ektni sotib olish imkoniyatini berganimizdan xursandmiz”, degan Rock Island kompaniyasi prezidenti Kevin Xogan.
Qurol Versaldagi qurol zavodi rahbari Nikolas-Noyel Boute tomonidan ishlab chiqarilgan. Toj kiyishdan keyin imperator Napoleon I qilichni general Jan-Andox Junoga sovg‘a qilgan, biroq uning rafiqasi keyinchalik qarzlarini to‘lash uchun sovg‘ani sotgan.
Keyin qurol London muzeyidan topilgan. Qilichning so‘nggi ma’lum egasi yaqinda vafot etgan amerikalik kolleksioner bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Napoleon taxti auksionda 500 ming yevro evaziga sotilgandi.
LiveBarchasi