Napoleon yozgan qo‘lyozma bir million yevroga sotuvga chiqariladi

Olam

image

Bugun, 27 yanvar kuni Parijda Fransiya imperatori Napoleon Bonapartning qo‘lyozma hikoyasi sotuvga chiqariladi. 

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, uning narxi bir million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, ushbu qo‘lyozmada Napoleon Austerlits jangi (1805) haqida o‘z tilidan hikoya qilgan. 

"Qo‘lyozma ko‘p yillar davomida general Bertranning avlodlari tomonidan saqlangan, unda Napoleon o‘zining mashhur harbiy g‘alabasi haqida yozgan", degan fransuz tarixchisi va kolleksioneri Jan-Emmanuel Ro. 

Manbaga ko‘ra, tarixchi yarim asr oldin ushbu qo‘lyozmani qo‘lga kiritgan va o‘sha paytdan beri uni o‘z uyida saqlagan. Ammo Napoleon vafotining 200 yilligida u qo‘lyozmani o‘zining galereyasida namoyish etishga qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Napoleon

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing