Nani Qozog‘istonda olti farzandli oilaga uy sovg‘a qildi
Sport
−
14:29 537 2 daqiqa
“Manchester Yunayted” va Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Luish Nani Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida olti farzandli oilaga yangi xonadon kalitini topshirdi. Bu haqda “ASnews.kz” nashri xabar berdi.
Xayriya tadbiri Aqto‘be markaziy stadionida bo‘lib o‘tgan. Bunga qadar ijara uyda yashab kelgan oila “Hareket” jamoat xayriya jamg‘armasining ijtimoiy loyihasi doirasida o‘z uyiga ega bo‘ldi. Nani oila a’zolari bilan uchrashib, farzandlar bilan suratga tushdi va ularga dastxati tushirilgan “Aqto‘be” klubi libosini sovg‘a qildi. 39 yoshli portugaliyalik futbolchi bu voqea o‘zi uchun ham alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
“Yoshligimda men ham juda kambag‘al edim. Oilamiz katta, aka-uka va opa-singillarim ko‘p edi, barchamiz kichik uyda yashardik. Yangi uyga ko‘chish imkoniyatiga ega bo‘lganimizda, hozir sizlar his qilayotgan tuyg‘ularni men ham boshdan kechirganman. Insonlarga quvonch ulashib, ularning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishga yordam bera olsam, chin dildan baxtli bo‘laman”, deydi Nani.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 25 yanvarda Luish Nani Qozog‘istonning “Aqto‘be” safiga qo‘shilgandi. U mavsum oxirigacha shartnoma imzolab, professional faoliyatini davom ettirgan. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi klub safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan.
Live
Barchasi