Nani “Aqtobe”dan ketişini e’lon qildi
Sport
−
16:11 270 2 daqiqa
Portugaliyalik futbolçi Luiş Nani “Aqtobe” safidagi sönggi uy uçraşuvini ötkazganini e’lon qildi. Bu haqda u özining Instagram sahifasida murojaat yölladi.
39 yoşli “Mançester Yunayted”ning sobiq futbolçisi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida klub, şahar aholisi va Qozoğistonga samimiy kutib olingani hamda birga ötkazilgan vaqt uçun minnatdorlik bildirdi.
“Bu mening “Aktobe”dagi sönggi uy uçraşuvim böldi. Bizning sarguzaştimiz nihoyasiga yetmoqda. Biroq birgalikda qanday yölni bosib ötdik! Uşbu ajoyib klubdagi barçaga, şaharning mehmondöst aholisiga va butun Qozoğistonga birga boşdan keçirgan barça voqealarimiz hamda meni iliq kutib olganingiz uçun rahmat. Oldinda yana bitta çempionat uçraşuvi bor. Ammo faoliyatimning uşbu bosqiçidagi iliq xotiralar men bilan abadiy qolişini hozirdan aytişim mumkin”, deb yozdi Nani.
Mavsumning sönggi uçraşuvida “Aqtobe” Qöstanay şahrida “Tobol” mehmoni böladi.
Eslatib ötamiz, Nani “Aktobe”ga 2026 yil yanvar oyida qöşilgan edi. Uning klub bilan şartnomasi mavsum oxiriga qadar amal qiladi. Futbolçi Qozoğiston çempionatida 23 ta uçraşuvda maydonga tuşib, bitta gol urdi va törtta golli uzatmani amalga oşirdi. Qozoğiston kubogida esa ikki uçraşuvda iştirok etib, ikkita gol muallifi böldi.
Ma’lumot uçun, Nani “Mançester Yunayted”dagi faoliyati bilan ham futbol muxlislariga yaxşi taniş. U Angliya klubi safida Çempionlar ligasi va Angliya çempionatining tört karra ğolibi bölgan. Şuningdek, 2016 yilda Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa çempioniga aylangan.
Live
Barchasi26 Oktyabr