Namoz vaqtida imomning boshiga stul bilan urgan erkak jinnixonaga yuborildi (video)
Olam
−
29 Sentabr
34841Turkiyaning Manisa viloyati Alashehir tumanida joylashgan masjidda namoz paytida imomga stul bilan hujum qilgan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yuborildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
35 yoshli M.K. masjid imomi N.Y.ning boshiga stul bilan urgan. Erkak qo‘lga olingan va huquq-tartibot organi xodimlariga topshirilgan.
Shundan so‘ng, ushbu shaxs ruhiy kasalliklarga qarshi kurashish shifoxonasiga jo‘natilgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, erkak shu paytga qadar ruhiy kasallik bilan ro‘yxatga olinmagan.
“Biz shom namozini o‘qiyotgan edik. O‘shanda o‘rta yoshdagi erkak imomning boshiga stul bilan ura ketdi. Shunda uni to‘xtatmoqchi edik, ammo namoz o‘qiyotganimiz sababli hech birimiz qo‘zg‘almadik”, degan voqeaga guvoh bo‘lgan Mehmet ismli odam.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Ostona shahrida masjiddagi odamlarni pichoq bilan qo‘rqitgan noma’lum shaxs qo‘lga olindi. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan mas’ullar 36 yoshli gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Politsiyaga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxsning qo‘lbola pichog‘i musodara qilingan, shuningdek, politsiya erkakning 2006 yildan beri psixonevrologik dispanserda ro‘yxatga olinganini aniqlagan.
LiveBarchasi