Namanganning ikkita tumani koronavirusdan “qutildi”

Jamiyat

image

Namangan viloyatida koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 258 nafarga yetdi. Viloyatning Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida bemor qolmadi.

Bugun, 14 iyun kuni Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusdan davolanayotgan bemorlardan 4 nafari butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 1 nafari To‘raqo‘rg‘on tumanidan (1992 yilda tug‘ilgan ayol), 1 nafari Yangiqo‘rg‘on tumanidan (1979 yilda tug‘ilgan erkak) va 2 nafari Uychi tumanidan (1960 va 1968 yilda tug‘ilgan ayollar).

Viloyatning Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning barchasi tuzaldi.  

“Viloyat bo‘yicha bugunga qadar koronavirusga chalingan jami 273 nafar fuqarodan 258 nafari (95 foiz) tuzaldi. 4 kishi vafot etgan. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasida 11 nafar – To‘raqo‘rg‘on tumanidan 3 nafar, Namangan shahri, Namangan va Pop tumanlaridan 2 nafardan, Chust va Kosonsoy tumanlaridan 1 nafardan – bemor davolanmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

254

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing