Namangandagi YTHlarda ota va 1 yashar bola vafot etdi
Jamiyat
−
08 avgust 2020
6753Namanganda yuz bergan ikkita yo‘l-transport hodisasi natijasida yana bir oila boquvchisidan, bolalar esa otasidan, boshqa bir oila esa 1 yoshli farzandidan ayrildi.
Norin tumani Xaqqulobod-Cho‘ja avtomobil yo‘lining 3-kilometrida Damas rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay yo‘lning o‘ng tomonida ketayotgan velosipedchini urib yuborgan. Natijada jabrlanuvchi umurtqa pog‘onasi og‘ir shikasti, ko‘krak bel umurtqa sinishi, pastki parablegiya postramatik shok tashxisi bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlar kor qilmay, vafot etgan.
Ushbu avtohalokatning muhokamasi yakuniga yetmay turib soat 19:00da Namangan shahar Yuqori Rovuston hududida ham ayanchli YTH sodir bo‘ldi. 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro otasiga tegishli bo‘lgan Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay yo‘lni kesib o‘tayotgan 1 yoshli bolani urib yuborgan. Natijada jabrlanuvchi bosh miya yopiq shikasti, qo‘shma shikast tashxisi bilan shifoxonada vafot etgan.
Bolaga vaqtida e’tibor berilmagani, mashinalar qatnov qismida nazoratsiz qoldirilishining oqibatida endigina bir yoshga to‘lgan go‘dak bu olamni tark etdi. Bir kunda bir oila otadan, ikkinchi oila dilbandidan ayrildi.
Namangan viloyat IIBning xabarida mazkur YTHlar bo‘yicha qanday qonuniy choralar ko‘rilgani haqida ma’lumot berilmagan.
LiveBarchasi