Namangandagi YTHda o‘lgan ona-bola vazir o‘rinbosarining oila a’zolari bo‘lgan
3-sahifa
−
02 yanvar 2021
43277Avvalroq, Toshkent-O‘sh yo‘lining 258 km.da, Namangan viloyati, Pop tumanida ikkita Gentra avtomobili ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ona va uning 3 yashar qizi vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lum bo‘lishicha, YTHda halok bo‘lgan ona-bola O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Vohid Ahmadjonovning turmush o‘rtog‘i va qizi bo‘lgan.
Vazirlik Matbuot kotibining QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qilishicha, vazir o‘rinbosari shaxsiy avtomobilida oilasi bilan vodiyga bayramni nishonlash uchun ketayotgan bo‘lgan.
YTH qurbonlari bugun, 2 yanvar kuni Toshkentda dafn etilgan. Amaldorning o‘zi shifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent-Vodiy yo‘nalishi bo‘yicha Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Gentra rusumli avtomashinasini Pop tumani “Qo‘shminor MFY” hududida boshqarib borayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Toshkent shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Gentra rusumli avtomashinasini orqa chap tomon qismiga urilib ketgan.
Natijada, Gentra rusumli avtomashinasi yo‘l chetiga chiqib qiyalikka ag‘darilib ketgan.
LiveBarchasi