O‘zbekistonda investitsion rekord o‘rnatildi. Pul qanday loyihalarga sarflangan?
Jamiyat
−
18 yanvar 2020
7868O‘tgan 2019 yilda Yevropada tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistondagi 13 ta davlat hamda xususiy sektordagi loyihalarga 576 million dollar sarmoya kiritgan. Bank bu davrga qadar O‘zbekistonga buncha ko‘p pul tikmagan.
O‘zbekistonda YeTTB, asosan, infratuzilmaviy loyihalarga pul ajratgan. Xususan,
Talimarjon IESda qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvati barpo qilish uchun – 213,8 mln yevro;
Navoiy elektr uzatish loyihasi — 71,5 mln yevro;
Qashqadaryo ichimlik suvi loyihasi — 53,4 mln yevro;
Xorazm ichimlik suvi loyihasi — 80,2 mln yevro.
Bank, shuningdek, mintaqadagi operatsiyalarini oshirish hamda Farg‘ona vodiysidagi infratuzilmalarga investitsiya kiritish uchun Andijonda mintaqaviy filialini ochdi.
Bugungi kunga qadar YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga 79 loyiha orqali 1,85 milliard yevro sarmoya kiritgan.
LiveBarchasi