Agar odamlarga pul shunchaki berilsa nima bo‘ladi?
Olam
−
11 may 2020
10326Finlyandiyada ikki yil davomida shartsiz asosiy daromad bo‘yicha tadqiqot olib borildi. Ayni kunlarda olimlar o‘z tadqiqot natijalarini olishdi va dastlabki xulosalar chiqarishdi. Bu haqda "New Scientist" nashri ma’lum qildi
Tadqiqot 2017 va 2018 yillarda butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan bo‘lib, unda 25 yoshdan 58 yoshgacha bo‘lgan 2000 nafar ishsizga har oyda hech qanday shartlarsiz 560 yevro berib borildi. Agar biror kishi o‘ziga ish topsa yoki kelgusida o‘sishda davom etsa, pul miqdori kamaytirilmadi.
Finlyandiya Ijtimoiy Sug‘urta Instituti professori Minna Julikenne ushbu tadqiqot natijalarini jonli efirda e’lon qildi. Unda ishsizlik nafaqasini olgan 173 000 kishidan iborat nazorat guruhi va shartlarisiz shunchaki pul oluvchilarning bandligi va farovonligi taqqoslandi.
2017 yil noyabr va 2018 yil oktyabr oylari orasida asosiy daromadga ega odamlar o‘rtacha 78 kun ishladilar, bu ishsizlik nafaqasini olgan odamlardan olti kunga ko‘p demakdir. Bolali oilalarda yashovchi odamlarning bandlik darajasi o‘sishi kuzatildi.
Tadqiqotda doimiy ishsizlik nafaqalari o‘rniga shartsiz pul olgan odamlar moliyaviy farovonlik, ruhiy salomatlik va kelajakka nisbatan yuqori darajadagi ishonchlilik to‘g‘risida xabar berildi. Asosiy daromad odamlarga COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy ta’siri kabi vaziyatlarni yengishga yordam beradimi, degan savolga, olimlar ushbu amaliyot stressni cheksiz ravishda yengillashtirishi mumkinligini aytdi.
“Menimcha, shartsiz to‘lov odamlarga juda og‘ir vaziyatlarda xavfsizlik hisini beradi“, deydi olim.
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan shartsiz shunchaki pul ulashish ishlashni xohlaydigan odamlar uchun to‘sqinlik qilmaydi. O‘tgan yilning fevral oyida e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlarda 2017 yilda ishlagan kunlar soni bo‘yicha ikkala guruh o‘rtasidagi farq aniqlanmadi.
LiveBarchasi