Namangandagi xususiy bog‘chada 15 nafar bola tortdan zaharlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatidagi uy bog‘chasida 15 nafar bola tortdan zaharlandi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25 iyul kuni Uychi tumanidagi “G.” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 15 nafar tarbiyalanuvchisi tuman tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limiga yotqizilgan. Ularga sifati tez buziluvchi mahsulotni iste’mol qilishi oqibatida oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi tashxisi qo‘yilgan.

O‘rganish natijasida muassasa tarbiyalanuvchilarining ota-onalari tomonidan farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan sifatsiz tort shirinligi olib kelingani va u tarbiyachi tomonidan o‘zboshimchalik bilan bolalarga berilgani aniqlangan. 

Shifoxonada bolalarga darhol barcha zarur muolajalar ko‘rsatilib, o‘sha kunning o‘zida (ikki soatdan so‘ng) 13 nafarining holati yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan. 2 nafar bolaga esa butunlay sog‘ayganidan keyin, 26 iyul kuni javob berilgan. 

“Hozirda bolalarning hammasi o‘zini sog‘lom his qilmoqda va “G.” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tahsil olmoqda”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi o‘z tasarrufidagi barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullariga ta’lim muassasalariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ogohlantirilgani va tushuntirish ishlari to‘liq olib borilganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan maktabgacha ta'lim tortdan zaharlandi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing