Namangandagi Chorsu bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 7 mart kuni Namangan shahridagi Chorsu dehqon bozori hududida joylashgan oshxonalardan birida yong‘in yuz berdi. Alanga yerto‘ladan boshlangan. Bu haqda viloyat FVB ma’lum qildi.

Yog‘in haqida xabar berilgach, voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan. So‘ng yong‘in kattaligi sabab qo‘shimcha yong‘in-qutqaruv qismlaridan avtomashinalar jalb etilgan.

Hozirda yong‘inni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

“Yong‘in sababi, zarari aniqlanadi va qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, - deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

57

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing