Namangandagi barcha tashkilot va muassasalar faoliyati to‘xtatilyapti

Jamiyat

image

Ertaga, 28 martdan 5 aprelga qadar Namangan shahridagi barcha tashkilot, muassasa va idoralar faoliyati to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha Namangan viloyati aholisiga murojaatida aytilgan. 

“28 martdan boshlab 5 aprelga qadar 9 kun mobaynida Namangan shahridagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilot, muassasa va idoralarda ta’til e’lon qilamiz. 

Bu to‘qqiz kun mobaynida Namangan shahri fuqarolari uyda, ko‘chaga chiqmasdan o‘tirishlari talab etiladi.

Bu cheklovdan davlat hokimiyati, ijro hokimiyati tizimida, huquqni muhofaza qilish idoralari, va qolaversa soliq idoralari, banklar kabi iqtisodiyot idoralarida ishlovchilargina mustasno qilinadi.  

Fuqarolarimizga mana shu to‘qqiz kun mobaynida o‘ta zaruriyatsiz ko‘chaga chiqish ta’qiqlanadi”, deydi viloyat hokimi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 3 nafari Namanganda davolanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda bemorlar 88 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalingan bir bemor miokard infarktidan vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Namangan shahri Karantin

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing