Namangandagi 68 yoshli erkak yana bir 7 yashar qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Avvalroq Namanganda 68 yoshli erkak 7 yashar qizga uyatsiz, buzuq harakatlar qilgani haqida xabar berilgan edi. Achinarlisi, bu erkak yana bir 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Bu haqda jabrlanuvchi qizaloqning xolasi “Mushtum” jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ayolning aytishicha, ushbu voqea 2023 yilning noyabr oyida yuz bergan. Gap shundaki, 1-sinfda o‘qiydigan qizaloqni 68 yoshli I.B. Matiz'ga mindirib, hech kim yo‘q joyga olib ketgan.

“Erkak panaroq joyga olib borib, jiyanimni mashinadan tushirib, o‘zining jinsiy maylini qondirgan. Bu jarayon taxminan 1-1,5 soat davom etgan. So‘ngra Davlatobod hududida, 49-maktab atrofidagi do‘kon oldiga tushirib ketgan. Jiyanim dastlab bo‘lgan voqeani onasiga aytmagan. U erkak jiyanimni qo‘liga 10 ming so‘m bergan va singlim shu pulni ko‘rib qizidan “qayerdan olding” deb, so‘ragan. Keyin esa jiyanim bo‘lgan voqeani yig‘lab aytib bergan”, deydi qizning xolasi.

Shundan so‘ng, qizaloqning onasi Davlatobod IIBga murojaat qilgan. Ammo ariza “yopti-yopti” bo‘lib ketgan.

“Jiyanimni singlim va onam ginekologga olib borib ko‘rsatishgan. Tekshiruv paytida haqiqatan ham erkak kishi tomonidan shilqimlik qilingan bo‘lib chiqdi. Lekin u odamga hech qanday chora ko‘rilmadi. O‘g‘illari katta ishda ishlarkanmi, qandaydir IIB bilan aloqalari bor ekanmi, ariza oxiriga yetmasdan qolib ketdi”, deydi qizchaning xolasi.

Shuningdek, bir qancha Facebook foydalanuvchilari tomonidan tarqatilayotgan xabarlarda ushbu erkak sobiq ichki ishlar xodimi ekani, uning ukalari ham prokuraturada ishlashi keltirilmoqda.

Qizchaning xolasining so‘zlariga ko‘ra, ular qayerga murojaat qilsa ham “u inson qamaldi, jazosini oladi”, degan javobni olishgan. 

“Ammo keyin bilsak jazosini olmagan ekan. Agar jazosini olgan bo‘lganida yana boshqa qizlarga ham shunaqa qilmagan bo‘lardi”, deydi xola.

Bolalar ombudsmanining QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, hozirda ushbu vaziyat o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yangi Namangan tumanida yashovchi F.O. (ayol) ichki ishlar organlariga murojaat qilib, joriy yilning 27 mart kuni 2017 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi J.S. ko‘chada o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan vaqtida shu yerdan o‘tib ketayotgan I.B. (erkak) qizni o‘z avtomashinasiga chiqarib, unga uyatsiz, buzuq harakatlar qilganini bildirgan. 

Ushbu voqea yuzasidan joriy yilning 5 aprel kuni Namangan shahar ichki ishlar organlari tergov bo‘limi tomonidan I.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Namangan tegajog'lik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made