Namanganda zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
29 iyul 2023 11884 1 daqiqa
Bugun, 29 iyul kuni Namangan viloyatida zilzila yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi matbuot bo‘limi xabar qiladi.
Unda aytilishicha, O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 10:27 da (Grinvich bo‘yicha 05:27 da) zilzila kuzatilgan. Zilzila markazi Namangan viloyati Kosonsoy tumani bo‘lib, uning koordinatalari 41,08 gradus shimoliy kenglik hamda 71,57 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan.
Zilzila magnitudasi 3,5 ball tashkil qilgan. Chuqurligi esa 5 km pastda qayd etilgan. Shuningdek, uning epimarkazi Toshkentdan 198 km janubiy-sharqda joylashgan ma’lum bo‘lgan.
Live
Barchasi