Namanganda yuk avtomobili yo‘l ustida to‘liq yonib, kulga aylandi
3-sahifa
−
18 noyabr 2022
5144Bugun, 18 noyabr kuni Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 233 kilometrida Volvo rusumli yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 03:00 da sodir bo‘lgan. Yong‘in yuk masinasidagi qisqa tutashuv sababli kelib chiqqan. Avtomobilni 1982 yilda tug‘ilgan shaxs boshqargani aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Ammo yuk avtomobili butkul yonib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi